Asad armiyasi IShIDning Suriyadagi «poytaxti» bo‘lgan Raqqaga 5 yil ichida ilk bor kirdi

Jahon 21:45 / 16.10.2019 12589

Suriya armiyasining ilg‘or otryadlari mamlakat shimoli-sharqida joylashgan va oxirgi vaqtgacha kurd harbiy tuzilmalari nazoratida bo‘lgan Raqqa shahriga 2014 yildan beri birinchi marta kirdi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, Suriya hukumat qo‘shinlari Raqqada bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatgan. 

Raqqa 2014 yilda IShID jangarilari tomonidan bosib olinib, uning Suriyadagi “poytaxti”ga aylangan.

2017 yil oktyabrda shahar Suriya demokratik kuchlarining xalqaro koalitsiya aviatsiyasi ko‘magidagi ko‘p oylik amaliyotidan keyin terrorchilardan ozod qilingan. Xalqaro koalitsiya aviatsiyasining bombardimonlari va kurd tuzilmalari harakatlari oqibatida Raqqa vayronaga aylangan. Shahar hanuzgacha tiklanmagan. 

Suriya tashqi ishlar vazirligi koalitsiyaning Raqqaning ozod etilishi vaqtidagi harakatlarini qatliom deb atagan. 

Ko‘proq yangiliklar: