Yaponiyada talaba ninzyalar tarixi bo‘yicha imtihonda bo‘m-bo‘sh varaqni topshirib eng yuqori bahoni oldi

Jahon 20:47 / 15.10.2019 21953

Mie universitetining tarix fakultetida o‘qiydigan 19 yoshli Eymi Xaga imtihonda bo‘m-bo‘sh varaqni topshirib eng yuqori bahoni oldi. Talabalarga Iga-Uenodagi ninzyalar muzeyiga qilingan sayohat asosida insho yozish topshirilgandi.

Aslida Xaga insho yozdi, faqat ijodiy yondashgan holda inshoni ko‘rinmas siyohda yozdi. Bu usul «aburidasi» deb ataladi va ninzyalar maxfiy yozishmalarda ushbu usuldan foydalanishgan.

Eymi siyohni qadimiy retsept bo‘yicha soya donlaridan tayyorladi. U donlarni bir necha soat suvda ivitdi, so‘ngra ularni ezib maydaladi va suv bilan aralashtirdi. Siyohni tayyorlash uchun u 10 soat vaqt sarfladi.

«Men bu haqda kitoblarda o‘qigandim. Bu g‘oya hech kimning miyasiga kelmaydi deb umid qilgandim. Professor ishga ijodiy yondashganlar yuqori baho olishini aytganidan so‘ng inshoni ana shu usulda yozishga qaror qildim», deydi Eymi.

Professor Yudzi Yamada talabaning oppoq varaqni topshirganidan ajablangan. Insho axlat chelagiga uloqtirilmasligi uchun Eymi varaqni olovga tutish kerakligi to‘g‘risida belgi qoldirgan. 

Professor varaqni gaz plitasiga tutib ko‘rganida unda yozuvlar paydo bo‘lgan va u talabaga hech ikkilanmay eng yuqori bahoni qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: