Qozog‘istonda mamlakatdan qoramol olib chiqish taqiqlandi

Jahon 23:22 / 15.10.2019 13990

Qozog‘istonda mamlakatdan 6 oyga yirik va kichik shoxli qoramolni olib chiqish taqiqlandi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi va moliya vazirliklarining qo‘shma buyrug‘ida aytilgan.   

Jumladan, 22 oktyabrdan kuchga kiradigan taqiqlov yirik shoxli qoramol, bir yoshga to‘lmagan va bir yoshdan katta urg‘ochi buzoqlar, sigirlar, qo‘y va echkilarni olib chiqishga qarshi kiritilgan. 

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligiga Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasiga buyruqni bajarish bo‘yicha choralarni qo‘llash haqida xabar berishi topshirilgan.    

Avvalroq Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekistonda fermerlikni tiklash dasturi bo‘yicha chorva sotib olishga kam foizli kreditlar berilayotgani va o‘zbekistonlik fermerlar Qozog‘istonda bolali sigirlarni faol sotib olayotgani ma'lum qilingan.   

Ta'kidlanganidek, bu holat Qozog‘istondagi chorvachilikka salbiy ta'sir qilishi mumkin, chunki sigirlarning ommaviy olib chiqilishi tufayli Qozog‘iston kelgusida go‘sht bo‘yicha oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlay olmaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: