Braziliyaning Fortaleza shahrida yetti qavatli turarjoy binosi qulab tushdi

Jahon 21:35 / 15.10.2019 6681

Braziliya shimoli-sharqidagi Fortaleza shahrida yetti qavatli turarjoy binosi qulab tushdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi va ikki kishi vayronalar orasidan qutqarib olindi, deb xabar berdi Globo portali.

Xabar qilinishicha, bino shaharning eng hashamatli hududlaridan biri bo‘lgan Dionisiu-Torresh kvartalida joylashgan edi.

O‘t o‘chiruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida 10-15 kishi qolib ketgan.

Ilgari bu uyda yashagan ayolning aytishicha, bino 40 yil avval qurilgan bo‘lib, joriy ta'mirlashga muhtoj bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: