Amerika harbiylari Suriyadagi yana bir bazani tark etdi

Jahon 22:06 / 15.10.2019 7825

Amerika harbiylari Suriya shimoli-sharqidagi Xaseke viloyatida joylashgan Tell-Baydar qishlog‘i hududidagi harbiy bazani tark etdi. Bu haqda SANA agentligi xabar berdi.

Avvalroq Al-Mayadeen telekanali Amerika qo‘shinlari Ayn-al-Arab (Kobani) shahridagi bazani tark etishgani haqida ma'lum qilgandi. O‘z navbatida Rossiya mudofaa vazirligi AQSh harbiylari Dadat aholi maskanidagi harbiy bazadan ketishgani haqida xabar berdi.

9 oktabr kuni Turkiya qurolli kuchlari kurd qurolli tuzilmalarini siqib chiqarish uchun Suriya shimoli-sharqida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasini boshladi. Turkiya aviatsiyasi o‘sha kuni ikki davlat chegarasidagi Ras-al-Ayn va boshqa shaharlarga zarba berdi. Keyinroq esa yerusti operatsiyasi boshlanganligi e'lon qilindi.

12 oktabr kuni Turkiya mudofaa vazirligi Ras al-Ayn shahri, yakshanba kuni esa Anadolu agentligi Tell-Abyad shahri turk harbiylari va Suriya qurolli muxolifati nazoratiga o‘tganini xabar qildi.

Ko‘proq yangiliklar: