Yaponiyada “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 37 nafarga yetdi

Jahon 08:36 / 14.10.2019 7198

O‘tgan dam olish kunlari Yaponiyaning markaziy va sharqiy hududlariga yopirilgan “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 37 nafargacha oshdi, 13 kishi bedarak yo‘qolgan, 200 ga yaqin kishi jabrlangan. 

To‘fon o‘tgan hududlarda infratuzilma tiklanmoqda. Ishlarga qutqaruvchilar va mudofaa kuchlari bo‘linmalari jalb qilingan.

Tokio va qo‘shni prefekturalarda elektr uzatish liniyalari uzilgani sababli 53 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qolmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab 130 mingdan ko‘proq kvartira va uylarda suv ta'minoti yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: