«Rosatom» rahbari: Yil oxirigacha O‘zbekistonda AES qurish bo‘yicha barcha yechimlar topiladi  

O‘zbekiston 19:13 / 14.10.2019 7730

“Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyov 2019 yil oxirigacha O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha barcha yechimlar topilishiga umid qilayotganini aytdi.

“Yil oxirigacha qandaydir hujjatlar imzolanishi aniq. Muzokaralar oson kechmayapti, chunki narxni belgilab olish zarur. Ular ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Loyihalash bosqichi mavjud bo‘lib, u ko‘p jihatdan ko‘rsatkichlar va keyingi shartnomani belgilab beradi”, deb izoh bergan Lixachyov. 

“Biz ikkita noma'lumdan iborat tenglamani yechmoqdamiz: loyihaviy ishlar bo‘yicha ham, bu loyihani amalga oshirish bo‘yicha ham kelishmoqdamiz. Ishonchim komilki, yil oxirigacha barcha yechimlarni topamiz va bu bir, ikki yoki uch shartnoma orqali amalga oshirilishi – bu alohida masala”, deb qo‘shimcha qilgan Lixachyov.

2018 yil sentyabrda O‘zbekiston va Rossiya AES qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, “Rosatom” O‘zbekistonda VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega “3+” avloddagi ikkita energoblokdan iborat majmua quradi.   

AES qurilishini 2022 yilda boshlash rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: