Onlayn auksionda 2,9 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekiston 13:16 / 14.10.2019 5561

2019 yilning 7-13 oktyabrlarida “O‘zRTXB” AJda 807,2 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 19,6 %ga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 11,3 %ga o‘sib, 345,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 571,9 mlrd so‘mdan 721,1 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 2,0 mln AQSh dollarga teng tovarlar sotildi, bu esa avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3 %ga yuqori. Eksportning tarkibida polietilenning turli markalarining ulushi 83 %, paxta tolasining ulushi 13 % va boshqa mahsulotlarning ulushi 1 %dan kam bo‘ldi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi avvalgi haftaga nisbatan deyarli ikki marotabaga o‘sib 30,2 mlrd so‘mga yetdi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 5,2 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 17,2 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 641 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 20,9 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,9 % ikkinchi va 28,2 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: