Yevro-2020 saralashi. Ispaniya ilk bor ochko yo‘qotdi, Italiya Yevropa chempionatiga chiqdi

Sport 01:56 / 13.10.2019 11732

Bir nechta guruhlarda Yevropa chempionati saralashi guruh bosqichining 7-tur o‘yinlari yakunlandi.

D guruhida Daniya asosiy raqiblaridan biri Shveytsariyani mag‘lub etib, 1-o‘rindagi Irlandiyaga yetib oldi. Irlandiya Gruziyani yuta olmadi.

F guruhida 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etayotgan Ispaniya Norvegiya mehmoni bo‘lib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi va  ilk bor ochko yo‘qotdi. Shvetsiya mehmonda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

J guruhida Italiya yettinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi va eng yaqin ta'qibchisi Finlyandiyadan 9 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu tariqa Italiya saralash bosqichi yakuniga 3 tur qolganda Yevropa chempionatiga chiqib bo‘ldi.

Yevro-2020 saralashi, 7-tur
12 oktabr

D guruhi

Gruziya – Irlandiya 0:0

Daniya – Shveytsariya 1:0
Gol: Poulsen (85).

F guruhi

Norvegiya – Ispaniya 1:1

«Ullevol»
Gollar: King (90+3, penalti) – Saul (47).
Norvegiya: Yarsteyn, Ayyer, Aleyesami, Elabdellaui, Nordtveyt (Xovland, 30), Xenriksen (Yonsen, 83), Berge, Selnes, Yoxansen (Syorlot, 63), Edegor, King.
Ispaniya: Arrisabalaga, Bernat (Inigo Martines, 88), Ramos, Albiol, Navas, Sebalos (Kasorla, 64), Saul, Fabian Ruis, Buskets, Oyarsabal (Rodri, 78), Rodrigo.
Ogohlantirishlar: Rodrigo (35), King (42), Buskets (60), Ramos (80).

Farer orollari – Ruminiya 0:3
Gollar: Pushkash (74), Mitritse (83), Kesheryu (90+4).

Malta – Shvetsiya 0:4
Gollar: Danielsson (11), Larsson (58, penalti; 71, penalti), Agius (66, avtogol).

J guruhi

Italiya – Gretsiya 2:0

«Olimpiko»
Gollar: Jorjino (63, penalti), Bernardeski (78).
Italiya: Donnarumma, Bonuchchi, Spinatssola, Acherbi, DʼAmbrozio, Barella (Dzanolo 87), Verratti, Keza (Bernardeski, 39), Jorjino, Insine, Immobile (Bellotti, 79).
Gretsiya: Pasxalakis, Bakakis, Xatsidiakos, Siovas, Stafilidis, Buxalakis (Yannulis, 75), Zeka, Bakasetas (Mantalos, 79), Kurbelis, Limnios, Kuluris (Donis, 67).
Ogohlantirishlar: Xatsidiakos (14), Kuluris (27), Buxalakis (62).

Bosniya va Gersegovina – Finlandiya 4:1
Gollar: Xayrovich (29), Pyanich (37, penalti, 58), Xodjich (73) – Poxyanpalo (79).

Lixtenshteyn – Armaniston 1:1
Gollar: Frik (72) – Barsegyan (19).

Ko‘proq yangiliklar: