Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 14 nafargacha oshdi

Foto: REUTERS / Kyodo
Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 14 nafargacha oshdi, yana 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.
Jabrlanganlar 120 kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
TBS telekanali esa 22 kishi halok bo‘lgani, 150 ga yaqin kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan.
“Xagibis” to‘foni 12 oktyabrda Yaponiyaning Xonsyu oroliga yopirildi. To‘fon markazidagi shamol tezligi 45 m/soniyagacha, poytaxt Tokioda esa 41 m/soniyagacha yetgan. Bunday shamol yuk mashinasi, daraxtlar va elektr ta'minoti ustunlarini ag‘darish uchun yetarli hisoblanadi. Mamlakatning 12 ta prefekturasi, jumladan Tokioda kuchli yomg‘irlar sababli xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan.
Kuchli shamollar sababli elektr uzatish liniyalarida ko‘plab uzilishlar yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, 376 ming uy elektr energiyasiz qolgan.
11 mlnlik aholiga evakuatsiya qilinish tavsiya yoki e'lon qilingan.
Shuningdek, to‘fon sababli Tokio ko‘rfazida Panamaga qarashli kema cho‘kib ketgan. Uning bortida 12 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Ekipajning qolgan 9 a'zosi bedarak yo‘qolgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi
Fan-texnika | 22:37
-
Qanday qilib pulni samarali tejash mumkin?
Iqtisodiyot | 22:05
-
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi
Fan-texnika | 21:44
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025