Suriyada Turkiyaning aviazarbasi oqibatida 3 xorijiy jurnalist halok bo‘ldi – OAV

Jahon 23:45 / 13.10.2019 10550

Suriyaning Ras al-Ayn shahri yaqinida mashinalar karvoniga Turkiya harbiy samolyotlari hujum qilishi oqibatida 3 nafar xorijiy jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda kurd manbalariga iqtibos keltirgan holda Al Mayadeen telekanali xabar berdi. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 11 dan ko‘proq fuqaro halok bo‘lgan. Tibbiy xodimlar ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni jiddiy oshishi mumkin, chunki bombardimon vaqtida 100 ga yaqin odam yaralangan. Ulardan ba'zilari og‘ir ahvolda.   

Avtokarvon Suriyaning chegaradagi Qamishli shahridan shimoldagi Ras al-Aynga yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Karvondagi avtobus yo‘lovchilari orasida xorijiy ommaviy axborot vositalarining jurnalistlari, jumladan, bir necha ingliz va fransuz muxbirlari, mahalliy OAV vakillari bo‘lgan. Ular suriyalik kurdlar va turk kuchlari o‘rtasida borayotgan jangovar to‘qnashuvlar hududiga yo‘nalayotgan bo‘lganlar.

Ko‘proq yangiliklar: