Olimlar: inson qanchalik tez yursa, miyasi shunchalik yosh bo‘ladi

Light 23:27 / 13.10.2019 20596

Olimlarning aniqlashicha, yurish tezligi miya qarishi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, sekin yuradigan insonlarda miya qariroq bo‘ladi. Bunday xulosaga Yangi Zelandiyaning mingga yaqin vakilida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida kelingan.

Bu tadqiqot haqida JAMA Network Open ilmiy nashrida so‘zlangan. Tadqiqot Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida o‘tkazilgan. Tajribaning barcha ishtirokchilari u boshlanganda 45 yoshda bo‘lgan. Olimlar ularni hayotlari davomida kuzatib borishgan.    

Yakuniy bosqichda MRT yurish sur'ati past bo‘lgan odamlarda miya hajmi, uning qobig‘i zichligi kichikroq bo‘lganini ko‘rsatgan. Ularda mayda tomirlar kasalligi alomatlari aniqlangan. Bu holat esa aqli zaiflikka va ishemik insultlarga olib kelishi mumkin.

Umuman olganda, tadqiqot sekin yuruvchi odamlar miyasi tezroq qariganini ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflaridan biri Terri Moffittning ta'kidlashicha, 70-80 yoshida sekin yuruvchi odamlar shu yoshda tez yuruvchilarga nisbatan ko‘proq vafot etadilar. Uning aytishicha, tadqiqot maktabgacha davrdan tortib keksalikkacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, sekin yurish keksalik davrigachayoq muammoli alomatga aylanadi.       

Ko‘proq yangiliklar: