Aleksandr Usik Chez Uizerspunni nokaut qilib, superog‘ir vazndagi faoliyatini boshladi

Sport 11:20 / 13.10.2019 8295

Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Chikagodagi boks oqshomida amerikalik tajribali bokschi Chez Uizerspunni (38-3) mag‘lubiyatga uchratdi.

Aleksandr muddatidan oldin g‘alaba qozondi, yettinchi raunddan keyin amerikalik sportchi jangni davom ettirishdan bosh tortdi.

Ukrainalik bokschi uchun bu superog‘ir vazn toifasidagi ilk jang bo‘ldi. -91 kg vazn toifasida 2011 yilgi Bokudagi jahon chempionati g‘olibi, 2012 yilgi London Olimpiadasi chempioni bo‘lgan Usik 2013 yilda professional ringdagi faoliyatini boshlagan va shu vaqtga qadar 17 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Endi Aleksandr Usik – superog‘ir vazn toifasida WBO chempionligi kamari uchun rasmiy da'vogarga aylandi. Ruis – Joshua revanshi g‘olibi ukrainalik bokschiga qarshi ringga ko‘tarilishi majburiy bo‘ladi.

Bundan avvalroq Usik hali superog‘ir vazn toifasida debyut qilmay turib Deontey Uaylderni jangga chorlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: