Turkiya g‘arb davlatlarini Suriyadan IShID safiga qo‘shilgan fuqarolarini qaytarib olishga chaqirdi

Jahon 20:41 / 12.10.2019 6895

Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shinto‘p g‘arb davlatlarini Suriyadan IShID safiga qo‘shilgan fuqarolarini qaytarib olishga va ularni o‘z davlatlarida sudlashga chaqirdi.

“IShID va Kurdiston ishchi partiyasiga qo‘shilgan xorijiy jangarilar bilan bog‘liq vaziyat barchamiz uchun jiddiy sinovdir. Bu terrorchilar qaysi davlatlardan kelgan bo‘lsa, o‘sha davlatlar, birinchi navbatda Yevropa davlatlari, ularni qaytarib olishlari va sudlashlari lozim”, deb aytgan Shinto‘p Turkiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy va Rossiya parlamentlari spikerlarining terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha III anjumanida.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti suriyalik qochqinlarning vatanlariga xavfsiz va ko‘ngilli qaytishlarini ta'minlash bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: