Arab davlatlari ligasi Turkiyani Suriyadan qo‘shinlarini darhol olib chiqishga chaqirdi 

Jahon 18:53 / 12.10.2019 10363

Arab davlatlari ligasi (ADL) bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt Turkiyani Suriya shimolidagi harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishga va u yerdan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. 

Ahmad Abul G‘ayt

“Biz bu tajovuzni qoralaymiz. Turkiyani darhol va to‘liq hajmda barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda Suriyadagi qo‘shinlarini olib chiqishga chaqiramiz”, deb aytgan Abul G‘ayt ADLning Turkiya amaliyoti bo‘yicha chaqirtirilgan favqulodda yig‘ilishida.

ADL bosh kotibi “ushbu tajovuzning barcha gumanitar oqibatlari uchun” Turkiya javobgar bo‘lishidan ogohlantirgan. Uning ta'kidlashicha, Suriya shimolidagi hududlarda yashovchi kurdlarga qarshi haqiqiy qatliom sodir etilishi xavotiri bor. Shuningdek, Turkiyaning harakatlari sababli yaqin kunlarda 300 mingga yaqin odam qochqinga aylanishi mumkin. 

Turkiya 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi qaratilgan “Tinchlik manbai” harbiy amaliyotini boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: