Angliyada tarixdagi ilk oltin to‘lov kartasi chiqarildi

Jahon 01:39 / 12.10.2019 10604

Dunyodagi ilk oltin to‘lov kartasi Britaniya qirollik zarbxonasi, Mastercard kompaniyasi va to‘lov texnologiyalari firmasi Accomplish Financial tomonidan taqdim qilindi. 

18 qirotli oltindan tayyorlangan to‘lov kartasi Raris’da egasining ismi va shaxsiy ma'lumotlari o‘yib tushirilgan. Kartani buyurtirish narxi 18750 funt sterlingni (23 ming dollar) tashkil qiladi. Kartani shaxsiy dizayn bo‘yicha tayyorlash qimmatroqqa aylanadi.  

Oltin karta egalari pul o‘tkazish yoki valuta ayirboshlashdagi komissiyani to‘lamaydi.

“Qirollik zarbxonasi qimmatbaho metallar sohasida yetakchi britan yetkazuvchisi sifatida muntazam ravishda yangiliklar joriy qilib boradi. Biz iste'molchilarning noyob va qimmatbaho to‘lov kartalariga talabi o‘sayotganining e'tirofi sifatida sof oltindan Raris kartasini chiqarganimizdan xursandmiz”, deb aytgan zarbxona bosh direktori Enn Jyessopp.

Ko‘proq yangiliklar: