Adliya organlarida korrupsiyaga qarshi kurashning yangi tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston 09:55 / 12.10.2019 6768

Joriy yilning 10 oktabr kuni Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali mexanizm va chora-tadbirlarni joriy etish bo‘yicha yangi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari va Intellektual mulk agentliklari, shuningdek hududiy adliya organlari faoliyatiga korrupsiyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilishdan iborat.

Taqdimot davomida KPMG ekspertlari loyihaning xalqaro mutaxassislarning faol ko‘magi yordamida amalga oshirilishi korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro standart va amaliyotlarini samarali tatbiq etish, davlat organi faoliyatini boshqarishning shaffofligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillarini samarali joriy etish bo‘yicha orttirilgan tajribadan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvni shakllantirish uchun boshqa idoralarda ham foydalanish mumkinligini ta'kidlashdi.

Adliya vazirligi komplayens tizimini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish tashabbusini ilgari surgan ilk davlat organidir. KPMG ekspertlarning vazirliklar faoliyati, jumladan korrupsiya xatarlari mavjud sohalar va bu boradagi chora-tadbirlar haqidagi boshlang‘ich tahliliy intervyu adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan o‘tkazilgan edi.

KPMG malakali xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan biri, Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda katta to‘rtlikka kiruvchi auditorlik kompaniyalaridan biri. Uning xalqaro qarorgohi Amstelven (Niderlandiya) da joylashgan. Xodimlari soni 189 mingtani tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: