Abdulaziz Komilov Bokudagi yig‘ilishda ishtirok etadi

O‘zbekiston 14:25 / 12.10.2019 2804

O‘zbekiston delegatsiyasi bo‘lajak Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya TTDHK TIVKning Boku shahrida (Ozarboyjon) o‘tadigan yettinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Uchrashuv doirasida tashqi siyosat idoralari rahbarlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammiti chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlarning loyihalarini muhokama qiladilar.

Bundan oldin, prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi haqida rasmiy ma'lumot berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: