Turkiyaning Suriyadagi amaliyoti vaqtida 228 terrorchi yo‘q qilingani ma'lum qilindi 

Jahon 07:29 / 11.10.2019 14388

Turkiya qurolli kuchlari Suriyada o‘tkazayotgan “Tinchlik manbai” harbiy amaliyoti vaqtida 228 terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabrda Suriyada harbiy amaliyot boshlanishini e'lon qilgandi. Uning ta'kidlashicha, bu amaliyotdan maqsad Suriya shimolidagi chegaradosh tumanlarda kurd jangarilari va IShID tarkibiga kiruvchi guruhlar terrorchilariga qarshi kurash hisoblanadi. 

Amaliyotda Turkiya qurolli kuchlari va Anqara tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya milliy armiyasi ishtirok etmoqda. Rejaga ko‘ra, asosiy vazifa Suriya hududida Frot daryosidan Iroq chegarasigacha cho‘zilgan, uzunligi 480 km va eni 32 kmlik jangarilardan xoli hudud tashkil etish hisoblanadi.

Dastlab Turkiya AQSh bilan kurd jangchilari va terrorchilardan xoli xavfsizlik hududi tashkil etishni kelishib olgandi. Biroq ushbu reja amalga oshishi oqsoqlagandan keyin Anqara o‘zi mustaqil harakat qilishga qaror qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: