Senat bir kunda 19ta qonunni ma'qulladi (fotoreportaj)

O‘zbekiston 22:20 / 11.10.2019 34187

Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisi muhokamasiga qo‘yilgan 19ta qonunning barchasi ma'qullandi.

Yalpi majlisning ilk kuni, 11 oktyabrda senatorlar faqat qonunlar muhokamasi bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Yuqori palata vakolatidagi boshqa o‘ndan ortiq turli masalalar esa 12 oktyabrda ko‘rib chiqiladi.

Juma kuni Senat tasdig‘idan o‘tgan qonunlar quyidagilar:

  • «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» (yangi tahrirda)
  • «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida» (yangi tahrirda)
  • «Valutani tartibga solish to‘g‘risida» (yangi tahrirda)
  • «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»
  • «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»
  • «Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida»
  • «Metsenatlik to‘g‘risida»
  • «Mudofaa to‘g‘risida» (yangi tahrirda)
  • «Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida»
  • «Oliy darajali «Do‘stlik» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»
  • «O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»
  • «Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
  • «Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
  • «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»
  • «Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»
  • «Bojxona ma'muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»
  • «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
  • «Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktabr) ratifikatsiya qilish haqidagi»
  • «O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xillik haqidagi Konvensiyaning bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen protokoliga qo‘shilishi (Monreal, 2000 yil 29 yanvar) to‘g‘risida»

Kun.uz o‘z an'anasiga muvofiq, O‘zbekiston qonun chiqaruvchi hokimiyatining eng oliy organida o‘tgan yalpi majlisdan fotoreportaj taqdim etadi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev
Adliya vaziri Ruslan Davletov
Senatorlar Quvondiq Sanaqulov va Qahramon Quronboyev
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov

Prezidentning davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, senator Qahramon Quronboyev
Markaziy bankning Banklar faoliyatini tartibga solish departamenti direktori Sanjar Nosirov
Markaziy bankning Kredit tashkilotlari ustidan prudensial nazorat departamenti direktori Abror Turdaliyev
Senator Turg‘un Iskandarov
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyev
Senator Shohida Aripova

Maktabgacha ta'lim vaziri, senator Agrippina Shin
"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori, senator Dilorom Toshmuhamedova
Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev
Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Iminov

Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori, senator Muhammadjon Mahsudov

Adliya vaziri Ruslan Davletov va Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev
O‘zbekiston fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev
 Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Dilorom Ahmedova

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Reglament va odob komissiyasi raisi Iqbol Mirzo
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev
Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov

Senat raisi Tanzila Norboyeva

Ko‘proq yangiliklar: