Saudiya Arabistoni yaqinida Eronga qarashli tankerda portlash yuz berdi

Jahon 20:43 / 11.10.2019 9572

Qizil dengizda Saudiya Arabistonining Jidda portidan 96 km uzoqlikda Eronga qarashli tankerda portlash yuz berdi. Voqea 11 oktabr ertalab yuz bergan, deb xabar berdi Press TV telekanali

Shundan keyin kemada yong‘in boshlangan va tankerning ikkita asosiy rezervuariga shikast yetgan. Oqibatda dengizga neft oqqan. Jabrlanganlar borligi haqida xabar qilinmagan.

Ta'kidlanishicha, tanker Eronning National Iranian Oil Company davlat korporatsiyasiga tegishli.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, texnik mutaxassislar voqea sababini o‘rganishmoqda va shu bilan birga terakt amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilishmayapti. 

Ko‘proq yangiliklar: