O‘zbekiston va Gruziya ikki davlat tadbirkorlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston 15:35 / 11.10.2019 1775

Joriy yilning 11-13 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Biznes-ombudsmani Dilmurod Qosimov Gruziya davlatidagi “Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda barqaror biznes uchun qulay muhit yaratish”ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. 

Mazkur konferensiyada tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, investitsion muhitni yaxshilash va biznesni rivojlantirishda korporativ ijtimoiy javobgarlikning ahamiyati kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi. 

Bundan tashqari, mazkur konferensiyada bir qator xalqaro tashkilotlar va biznes vakillari ishtiroki hamda O‘zbekiston va Gruziya Biznes-ombudsmanlari o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum ikki taraf o‘rtasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va bu borada o‘zaro axborot almashinuvini ta'minlash borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, taraflar tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ishlashga kelishib olishdi. 

Konferensiyada BMT, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi bir qator xalqaro tashkilotlar hamda Gruziya davlatining ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishmoqda. 

Tomonlar ikki mamlakat Biznes-ombudsman institutlari O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim rol o‘ynashlarini ta'kidladilar. 

Ko‘proq yangiliklar: