O‘zbekiston va Grenada diplomatik aloqalar o‘rnatdi

O‘zbekiston 22:18 / 11.10.2019 3681

11 oktyabrda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida diplomatik aloqlarni o‘rnatish haqida qo‘shma kommyunike imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Grenadaning Rossiyadagi elchisi Oleg Firer imzolagan. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi. 

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi va Grenada ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa amal qilgan holda 1961 yil 18 apreldagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1963 yil 24 apreldagi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq va MBT Nizomida belgilangan tamoyillar asosida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qilganlari qayd etiladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat elchilari tomonidan O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: