Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash tartibi e'lon qilindi

O‘zbekiston 10:33 / 11.10.2019 1164

Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini:

konservatsiyalash;
restavratsiya qilish;
ta'mirlash;
zamonaviy foydalanishga moslashtirish;
tiklash ishlariga quyidagilarga tatbiq etiladi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash:

arxeologiya yodgorligida arxeologiya tadqiqotlarini olib borish va arxeologiya yodgorligini tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeolog tomonidan birlamchi konservatsiya qilish ishlariga;

monumental san'at yodgorliklarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, ta'mirlash va yangidan yaratish ishlariga quyidagilarga tatbiq etilmaydi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyati bilan Nizom talablariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxslar shug‘ullanishlari mumkin.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni litsenziyalash sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya litsenziya da'vogarining so‘rovnomasiga ko‘ra quyidagi quyidagi toifalar bo‘yicha beriladi:

I toifadagi litsenziya – mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarda asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun;

II toifadagi litsenziya – respublika va mahalliy ahamiyatiga ega bo‘lgan obektlar bo‘yicha asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun.

Lisenziyalarning amal qilishi loyihalashning barcha bosqichlariga tatbiq etiladi.

Lisenziya amal qilish muddati besh yil muddatga beriladi.

Lisenziya berish to‘g‘risidagi so‘rovnoma bilan murojaat qilgan yuridik shaxslarga litsenziya obektlarning tegishli toifasida asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun beriladi.

Davlat xizmatlari markazlari va litseziyalovchi organ o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;

b) vakolatli organga taqdim etilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma talablari va shartlari rioya qilish;

v) lisenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasida olib borayotgan ishi yuzasidan litsenziyalovchi organga axborot berish;

g) asrashga doir ishlarda obektga salbiy ta'sirlarning oldini olish va avariya holatiga qarshi ishlarni bajarish;

d) arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilishda tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lgan arxeologni shartnoma asosida jalb etish;

ye) I toifadagi litsenziya uchun ustav fondi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kam bo‘lmasligi hamda II toifadagi litsenziya uchun ustav fondi bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan kam bo‘lmasligi;

j) yuridik shaxsning shtatida talabga javob beradigan quyidagi mutaxassislarning mavjud bo‘lishi:

I toifadagi litsenziya uchun ‒ tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot yoki litseziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi ma'lumotga ega bo‘lgan va sohada ikki yil ish stajiga ega bo‘lgan 2 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash; san'at asarlari va me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash; tasviriy va amaliy san'at bezagi; arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish; arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi;

II toifadagi litsenziya uchun ‒ tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma'lumot yoki litseziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi ma'lumotga ega bo‘lgan va sohada uch yil ish stajiga ega bo‘lgan 4 nafar mutaxassis (tarixiy madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash; san'at asarlari va me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash; tasviriy va amaliy san'at bezagi; arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish; arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash) asosiy ish joyi bo‘yicha ishlashi;

z) yuridik shaxs ushbu faoliyat turi bilan I toifadagi litsenziya uchun kamida uch yil, II toifadagi litsenziya uchun kamida besh yil ish olib borgan bo‘lishi;

i) yuridik shaxsda ushbu faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, unga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan binolar, xonalar, asbob-uskunalar va jihozlarning mavjud bo‘lishi.

Ko‘proq yangiliklar: