Kongoda prezidentning parvozlari vaqtida ko‘mak ko‘rsatgan An-72 samolyoti halokatga uchradi

Jahon 20:17 / 11.10.2019 11651

Kongo Demokratik Respublikasida An-72 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. 

Samolyot 11 oktabr ertalab mamlakat sharqidagi Goma shahridan poytaxt Kinshasa tomon parvoz qilgan. Bir soatdan keyin u bilan aloqa yo‘qolgan.

Ma'lum qilinishicha, samolyotda ekipajning 4 a'zosi va 4 yo‘lovchi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, samolyot prezident Feliks Chisekedining harakatlanishiga logistik yordam ko‘rsatgan. Taxmin qilinishicha, yo‘lovchilar orasida prezident qo‘riqlash xizmatining 3 xodimi va haydovchi bo‘lgan. 

Shuningdek, samolyot ekipaji a'zolari orasida rossiyaliklar ham bo‘lgan. 

Halokat oqibatida prezident jabrlangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gaplar ortida o‘nlab odamlar Kongoning eng yirik muxolif partiyasi shtabiga yo‘lni to‘sib olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: