Jizzax viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 20:30 / 11.10.2019 34794

Jizzax viloyat hokimining 2019 yil 10 oktyabrdagi qaroriga asosan Nodirbek Muxtorovich Radjapov Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2018 yil aprelidan buyon ishlagan, 2019 yil avgustida Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgan G‘anisher Abdukarimovich Mamatqulov o‘rnini egalladi.

Nodirbek Radjapov 1972 yilda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida bank sohasida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati

Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Nodirbek Radjapov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a'zosi sifati ishlab kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: