JCh-2022 saralashi. Guruhimizda Saudiya Arabistoni yetakchiga aylanib oldi

Sport 00:07 / 11.10.2019 31962

JCh-2022 saralashi doirasida guruhimizda 3-tur o‘yinlari yakunlandi. Saudiya Arabistoni o‘z uyida Singapurni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha guruhda 1-o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, guruhning yana bir o‘yinida O‘zbekiston milliy jamoasi Yamandan ustun keldi (5:0).

Shunday qilib, D guruhida Saudiya Arabistoni va Singapur hisobida 4 ochkodan, O‘zbekiston va Falastin hisobida 3 ochkodan, Yaman hisobida esa 2 ochko bor.

D guruhi, 3-tur
10 oktabr

Saudiya Arabistoni – Singapur 3:0

Gollar: Asiri (28, 68), Al Hamddan (62).
Saudiya Arabistoni: Al Ovays, Al Burayk, Al Sahavi, Madu, Al Shahroni, Al Shehri (Al Birakan, 75), Otayf (Al Dovsari, 80), Al Malki (Al Haybari, 85), Asiri, Al Hamddan, Hattan Sulton.
Singapur: Maxbud, Suzliman (Nazari, 54), Fandi, Baharudin, Xayzan,Teh, Hanapi (Anuar, 66), Sulaymon, Xarun, Ramli (Gabriel, 78), Fandi. 
Ogohlantirishlar: Otayf (50), Xarun (82).

Ko‘proq yangiliklar: