AQSh Saudiya Arabistoniga minglab harbiy yuboradi 

Jahon 23:32 / 11.10.2019 17317

Vashington Saudiya Arabistoniga bir necha ming harbiy yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Qo‘shimcha qo‘shinni Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumdan keyin joylashtirishga qaror qilingan.   

Ushbu axborotni AQSh mudofaa vazirligi tasdiqlagan. Pentagonning ma'lum qilishicha, podshohlikda 3 mingga yaqin harbiy joylashtirish rejalashtirilmoqda. 

Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga hujumdan keyin AQSh Yaqin Sharq davlatiga 200 harbiy, havo hujumiga qarshi Patriot majmuasi batareyasi va 4 ta radarni jo‘natishga buyruq bergandi. 

14 sentyabrda Saudiya Arabistonidagi neft obektlariga dronlarda hujum sodir etilgandi.   

Ko‘proq yangiliklar: