Qorasaroy - Toshkentning farovon tumanidagi hamyonbop xonadonlar

Jamiyat 14:00 / 10.10.2019 26237

Bauraum Group yuzlab aholining xonadoniga aylanishga ulgurgan turar-joy majmuasining qurilishini yakunlamoqda.

Tayyor uylar

Qorasaroy TJM qurilishi tez orada nihoyasiga yetadi. To‘qqizta yetti qavatli uylar 500dan ortiq oilalarga o‘z eshigini ochgan holda foydalanishga topshirildi. Binolarga zamonaviy liftlar o‘rnatilgan, uylar yonida tepasi yopiq avtomobillar uchun avtoturargohlar mavjud. Bino hovlisida ckameykalar va bolalar maydonchalari joylashgan bo‘lib, majmua markaziga esa hashamatli favvoralardan iborat xiyobon yanada ko‘rk qo‘shib turadi.

Yuzlab insonlar bizning majmuani sevimli maskanga aylantirishga ulgurishdi, bu maskanni do‘stlari, yaqinlariga ham tavsiya qilishmoqda — shu sababli biz qurilishda davom etib, Qorasaroy majmuasiga yana qo‘shimcha binolarni barpo etmoqdamiz.

Arzon narxlar va to‘lov shartining qulayligi

Qorasaroy TJM — hamyonbop, biroq sifat jihatdan yashash uchun munosib bo‘lgan kamdan-kam uchraydigan namunadir. Kvadrat metr uchun narxlar 4 million so‘mdan boshlanadi. Markazdan uzoq bo‘lmagan yerdagi qulay joylashuv, barcha kerakli aloqalar, bozor va transport mazkur narxni analoglar orasida eng foydali taklifga aylantiradi.

Qorasaroy’dan uy xarid qila turib, siz yoqimli chegirmalar tizimidan va muddatli to‘lovning qulay shartlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz. 

Erkin moslashuv

Bizning xonadonlar mustaqil rejalashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu esa o‘z turar-joyingizni o‘zingiz va oilangiz istaganidek jihozlashingiz, loyihalashtirishingiz mumkin. Bunday tanlov ayniqsa katta oilalar yoki yosh juftliklarga ma'qul keladi.

Bundan tashqari, biz xaridorlarga bir xonalidan to‘rt  xonali xonadonlargacha uyni loyihalashtirishning mos keluvchi namunalarini taqdim etamiz.

Xavfsizlik va rivojlangan infratuzilma

Bauraum Group qurilish kompaniyasi 2006 yildan beri butun O‘zbekiston bo‘ylab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan holda qurilish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Qorasaroy aholisi uchun qulay hayot tarzini yaratish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida uzoq yillik tajribadan foydalanadi.

Binoning zilzilaga chidamliligi — 8 ball. Bu esa bizning hududda insonlarni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday yer qimirlashi holatlaridan himoya qilishga imkon beradi.

Turar-joy majmuasi temir to‘siqlar bilan o‘ralgan, hudud esa kun-u tun xavfsizlik xizmati nazorati ostida bo‘ladi. Qorasaroy’ning barcha hovli va ko‘chalari chiroqlar bilan yoritilgan va asfaltlangan.

Majmuaning joylashuvi ham tasodifiy emas. U bir qator afzalliklarga ega:

  • Maktab va bog‘chalar, Chorsu bozori, metro va Kichik xalqa yo‘llariga yaqin yerda joylashuv.
  • Bunga qaramay, bino mikrorayon o‘rtasida qad rostlagan. Shu sababli, ko‘cha shovqini va gavjum shahardan aziyat chekishmaydi.
  • Qorasaroy Toshkentning tarixiy qismi — tinch va xavfsiz hududida joylashgan. Farzandingiz, ota-onangiz hamda turmush o‘rtog‘ingiz haqida qayg‘urishga hojat qolmaydi, sababi bu yerda chindan ham hurmat va tartib hukm suradi.

Savdo ofisi Qorasaroy TJM hududida quyidagi manzilda joylashgan: Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 30 tor ko‘cha. Qorasaroy turar-joy majmuasi, 9 uy, 1 qavat.

Murojaat uchun telefonlar:

+99878 113 44 44
+99899 797 44 44

Facebook: fb.com/qorasaroyuz
Telegram: t.me/qorasaroyuz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: