Putinni «Kremldan quvmoqchi bo‘layotgan» yoqutistonlik shomon yana Moskvaga «yurish»ni boshladi

Jahon 22:52 / 10.10.2019 27003

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan “quvmoqchi” bo‘lgan yoqutistonlik shomon Aleksandr Gabishev yana Moskvaga “yurishi”ni boshladi. Bu haqda “Yakutiya.Info” nashri xabar berdi. 

Shomon yana o‘z otryadini yig‘moqchi. Gabishevning ta'kidlashicha, uning yurishi “faqat tinch ko‘rinishga” ega bo‘lib, “Putinning bir dona sochi ham, bir tomchi qoni ham to‘kilmasligiga” va'da beradi.

Shomon “Putinni quvib chiqarish” va “xalq hokimiyatini tiklash” uchun Moskvaga 6 oylik piyoda yurishidan keyin 19 sentyabrda Buryatiyadagi “Baykal” trassasida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Unga nisbatan qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirishga ommaviy chaqiriqlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.  

Oktabr boshida Gabishev ruhiy-psixiatrik ekspertizadan keyin ong-shuurisiz deb topilgan.  

Gabishevning Yoqutistondan Moskvaga “sayohati” mart oyida boshlangan. U yarim yil ichida belgilangan 8000 kmdan 3000 kmini bosib o‘tgan. Umumiy hisobda Gabishevning yurishi 2 yil davom etishi kerak edi.

Ko‘proq yangiliklar: