"O‘zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi

O‘zbekiston 13:37 / 10.10.2019 2751

"O‘zbekkino" milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “ O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o‘rtasida "O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qilishdi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta'mirdan chiqariladi.

Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkoni qo‘lga kiritiladi. 

"CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, dedi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Ko‘proq yangiliklar: