Nukusda baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:50 / 10.10.2019 1245

Vazirlar Mahkamasining “Baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.

 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020/2021 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 23-son bolalar musiqa va san'at maktabini baxshichilik san'atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga aylantirish hamda maktab-internat uchun qo‘shimcha bino va inshootlarni, shu jumladan, 150 o‘rinli yotoqxona va oshxona, 200 o‘rinli qo‘shimcha  o‘quv binosini qurish bo‘yicha taklifi ma'qullanishi mumkin.

Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

baxshichilik san'ati bo‘yicha o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan ta'lim berishni ta'minlash;

o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;

o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi va qo‘shimcha bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish;

har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash, unda estetik qadriyatlarni va vatanparvarlikni shakllantirish;

ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

a) 2020 yil 1 iyunga qadar  qadar:

maktab-internatni jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya, asbob-uskunalari va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqadi;

maktab-internatning ustavi tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta'minlaydi;

b) 2020 yil 1 sentyabrga qadar maktab-internatning samarali faoliyat ko‘rsatishi, ularning har tomonlama to‘liq ishlash hamda malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

maktab-internatga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarni qabul qilishni tashkil etadi;

maktab-internatni darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda maktab-internatga qo‘shimcha bino-inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalarini ajratilishini ta'minlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha, maktab-internat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi Davlat ixtisoslashtirilgan maktab hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob raqamiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi;

2020/2021 o‘quv yilida maktab-internatning 5, 6 va 7-sinflariga hamda 2021/2022 o‘quv yilida 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.

Ko‘proq yangiliklar: