Eron rossiyalik jurnalist ayolni qo‘yib yubordi

Jahon 12:01 / 10.10.2019 12587

Eron hukumati oktabr boshida Tehronda hibsga olingan rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzikni qo‘yib yubordi. Bu haqda Rossiya elchixonasi ma'lum qildi.   

“Rossiya tashqi ishlar vazirligi va Rossiyaning Tehrondagi elchixonasining birgalikdagi sa'y-harakatlari natijasida Eron tomonidan Rossiya fuqarosi Yuliya Yuzikni ozod qilishga qaror qilindi. U 10 oktabr ertalabki reys bilan Erondan Moskvaga uchib ketdi”, deyilgan xabarda.

Rossiya elchixonasining matbuot kotibi Yuzik o‘zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qilgan. 

Jurnalist Tehronga 29 sentyabrda xususiy taklif bilan kelgan, biroq noma'lum sabablarga ko‘ra undan pasporti olib qo‘yilib, 2 oktyabrda mehmonxonada hibsga olingan. Elchixona vakilining ma'lum qilishicha, ayol na muammolarga uchragani, na pasporti olib qo‘yilgani haqida elchixonani xabardor qilgan.

Elchixonada jurnalistning yaqinlariga tayangan holda Yuzik Isroil maxsus xizmatlariga ishlashda ayblayotgani ma'lum qilingan. Biroq 7 oktyabrda Eron hukumatining rasmiy vakili Ali Robiy matbuot anjumanida jurnalistning hibsga olinishi josuslik faoliyati bilan emas, balki viza muammolari bilan bog‘langanini ma'lum qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: