Cambridge International School Tashkent sizni tanishuv sayohatiga taklif etadi

Jamiyat 11:20 / 10.10.2019 18596

Sentabr oyidan boshlab, CIS Education Group o‘zining 5-chi CIS Tashkent kampusini ochdi. Mazkur maktab birinchi o‘quv yilida amalga oshayotgan eng yangi trendlar shuningdek, ta'lim olish jarayoni texnologiyalarini o‘zida mujassam etgandir.

Murad Buildings kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan «Cambridge Residence» turar-joy majmuasi hududida joylashgan Kembridj xalqaro maktabining Toshkent Kampusi, ikki nafar binodan iborat bo‘lib (bolalar bog‘chasi va maktab), xalqaro muhitda Buyuk Britaniyaning klassik ta'lim tizimidagi ko‘plab bolalarga mo‘ljallangan o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlashga moslashgan, deydi CIS Tashkent direktori  Karl Beyts. Mazkur kampus eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va zamonaviy talaba o‘sishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsaga ega – spektakllar va dam olish uchun katta konsert zali, sun'iy qoplamli futbol maydoni, Buyuk Britaniyadan keltirilgan kitoblar bilan jihozlangan kutubxona, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy jurnallar, ijod qilish, tadqiqotlar va xordiq olish uchun bo‘sh joylar. Ilmiy laboratoriyalar yaqin kelajakda Yevropadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. Har bir sinf Germaniyaning ergonometrik mebellari va zamonaviy IT uskunalari bilan jihozlangan.

Xavfsizlik va qulaylik

Bino hududi yopiq va videokuzatuv xavfsizlik tizimi bilan ta'minlangan, shuningdek kirishni boshqarishning alohida tizimi mavjud, kirish faqat maxsus beydjiklar yordamida amalga oshiriladi. Ichkarida bir nechta nazorat punktlari mavjud, tashqarida esa, ota-onalar avtomobillari uchun to‘xtash joyi bor.

Sinfdagi o‘quvchilar soni 20tadan oshmaydi, ular bilan doimiy ravishda o‘qituvchilar va sinf rahbarlari ish olib boradilar. Maktabda balanslashtirilgan 4 mahal ovqatlanish tizimi joriy etilgan va uxlash uchun alohida xona mavjud (bolalar bog‘chasi uchun).

Yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi

Cambridge International School da ta'lim olish jarayoni ingliz tilida olib boriladi, bu esa o‘z navbatida bolalarni xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun tayyorlaydi. Bola Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSh dan tashrif buyurgan yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan taqdim etilgan klassik Britaniya ta'limi bo‘yicha tahsil oladi. Maktab Kembridj Universitetining (Buyuk Britaniya «Kelajak ko‘nikmalari» tanqidiy fikrlash, muloqot va tahliliy ko‘nikmalar, jamoaviy ish, loyiha faoliyati)ni shakllantirishga qaratilgan global fikrlashning Global Prospectives dasturidan shuningdek, Values-Based Education ta'lim dasturidan foydalanadi va o‘quv jarayoni davomida bolalarga umuminsoniy qadriyatlarni o‘rgatadi. Agar mintaqaviy oliy o‘quv dargohlariga tahsil olish uchun kirishni xohlovchilar bo‘lsa, milliy ta'lim dasturi qo‘shimcha tarzda taklif etiladi.

Boy va qiziqarli maktab hayoti

Har yili CIS kampuslarida 100dan ortiq tadbirlar o‘tkaziladi – xalqaro va milliy bayramlar, ekskursiyalar, sport va intellektual musobaqalar, tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar va xayriya tadbirlari. Talabalar kengashmalari, ota-onalar birlashmalari shuningdek, «uylar» tizimi – klub dizayni va raqobatbardosh faoliyat prinsiplari mavjud. CIS o‘quvchilariga yoshiga qarab Apple jihozlari – iPad va MacBook taqdim etiladi, shuningdek, maktab va sport formasi bilan ham ta'minlanadi.

Kirish

Kembridj xalqaro universitetining Toshkent kampusi bilan tanishish uchun maktab tomonidan «maktab bo‘ylab sayohat» xizmati taqdim etiladi, mazkur ekskursiyaga maxsus shaklda saytda yoki telefon orqali yozilish mumkin. Maktabga kirish oldidan barcha bolalar ingliz tili, matematika va mantiq fanlari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar. Ushbu tadbirdan maqsad, bolaning bilim saviyasini aniqlab uni mos sinfga joylashtirishdan iboratdir. Shuningdek, barcha bolalar psixolog bilan suhbatdan o‘tadilar. Test sinovlaridan so‘ng ota-onalarga bola uchun joy band qilish, anketa to‘ldirish va kirish badalini to‘lash taklif etiladi. Aksariyat o‘quvchilar Kembridj Xalqaro Maktabiga bahor yoki yozda qabul qilinadilar, biroq bo‘sh o‘rinlar bo‘lgan taqdirda, butun yil davomida o‘qishga qabul qilish imkoniyati bo‘ladi.

Bitiruvchilar

Ta'lim olish jarayoni yakunida o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida to‘liq ta'lim olganligi haqida Kembridj xalqaro sertifikati A Level, hamda O‘zbekistonda oliy ta'lim olish uchun zarur bo‘lgan o‘rta maktab ta'limini tugatganligi haqida mintaqaviy shahodatnoma beriladi. Bu, o‘quvchilar oldida keng imkoniyatlarni ochib beradi. Bundan tashqari bitiruvchilarga xorijiy oliy ta'lim olish maskanlarini tanlashda, hujjatlarni rasmiylashtirib topshirishda yordam beriladi.

Cambridge International School da ko‘rgan tayyorgarlik o‘quvchilarga yetakchi mintaqaviy va butun dunyo bo‘ylab oliy o‘quv yurtlariga kirish imkoniyatini beradi. Bugungi kunga kelib, xalqaro ta'lim olish tizimi CIS Education Group o‘quvchilari xalqaro obro‘-e'tibor va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya, AQSh, Niderlandiya, Rossiya va boshqa ko‘plab davlatlardagi universitetlarda tahsil olib kelmoqdalar.

Kampus haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lish uchun sizlarni 11 va 25 oktyabrda soat 11:00 da bo‘lib o‘tadigan ekskursiyaga taklif etamiz. Siz hudud, maktab binosi va bolalar bog‘chasiga baho bera olasiz, maktab direktori va o‘qituvchilari bilan hamsuhbat bo‘lib, ularga ta'lim olish jarayonlari va kampusga kirish haqida o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qila olasiz.

Batafsil ma'lumot olish va tadbirga yozilishni ushbu telefon raqami orqali amalga oshirishingiz mumkin: 71 209 66 69

Joylar soni chegaralangan.

Sayt: www.cisedu.com

Telegram: @cistashkentnews

Instagram: @ciseducationalgroup

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: