Video: Otaxonni haqoratlagan Mirishkor tumani hokimi uzr so‘radi

O‘zbekiston 18:00 / 09.10.2019 43914

Mirishkorda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan otaxonni ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan tuman hokimi Ravshan Komilov bu xatti-harakati uchun uzr so‘radi.

«Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajo‘xori urug‘ini olib keldik. Bir gektardan o‘n tonnadan makkasi tayyor turibdi.

Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak.

To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va'da beraman», – deydi hokim Ravshan Komilov «Daryo» muxbiri Otabek Qo‘ldoshev bilan suhbatda.

Qayd etish joiz, Qashqadaryo viloyati prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: