SAG siz orzu qilgan gilamlarni taklif qiladi

Jamiyat 09:00 / 09.10.2019 18542

Samarqanddagi mashhur Sam Antep Gilam korxonasi haqida eshitmaganlar bo‘lmasa kerak. Ko‘p yillardan buyon xalqimiz xonadoniga sifatli mahsulotlar yetkazib berayotgan Sam Antep Gilam korxonasida ayni damda 10 mingdan ko‘proq odam mehnat qiladi. Gilam, sun'iy chim va kovrolin ishlab chiqarishi bilan tanilgan SAG respublikada gilam ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Rivojlanishdan to‘xtab qolmaydigan SAG sizlarga klassik uslubdagi yangi «Isfahan», «Shox Sultan» va «Tumaris» gilamlarini taklif qiladi. Shuningdek, SAG do‘konlarida zamonaviy xay-tek va modern uslubidagi «Reflex», «Rodin», «Bali» kabi bejirim gilamlarni ham sotib olishingiz mumkin.

«Isfahan» gilami
«Tumaris» gilami
«Isfahan» gilami
«Reflex» gilami
«Bali» gilami

SAG sport maydonlari, restoran, uy va ofislar uchun yangicha dizayndagi sun'iy chimlarni ham taklif qiladi. «Décor Best», «Lavanda» va «Tropicana» nomli yangi sun'iy chimlar yumshoqligi va tiniq rangi bilan ajralib turadi. Hattoki uni oddiy chimdan farqlashda qiynalasiz.

SAG do‘konlarida yangi turdagi kovrolinlarni ham sotib olishingiz mumkin. «Eclipse», «Bahar» va «Shaggy Diamond» kovrolinlari zamonaviylikni xush ko‘radiganlar uchun ayni muddao. Uylarning poliga tafting (ya'ni kovrolin) qoplash sizni ko‘plab qo‘shimcha ishlardan asraydi. Bolalar uning ustiga biror nima to‘kib qo‘ysa, xavotirga olmang, SAG gilamlarini tozalash oson.

«Bahar» kovrolini
«Ber ber» kovrolini

Taftingli qoplamalarni uyingiz yoki ofisingizdagi zallar, zinapoyalarda, shuningdek ko‘rgazma zallarida to‘shash mumkin. SAG siz xohlagan hajmda va o‘lchamdagi qoplamalarni tayyorlab beradi. Belgiya, Germaniya va Shveytsariya kabi sanoatda yetakchi mamlakatlar texnologiyalari yordamida ishlab chiqariluvchi SAG kovrolinlarini rasmli qilib chiqarish ham mumkin. Ishlab chiqarishning har bir bosqichi SAG`ning o‘zida amalga oshirilgani uchun korxona o‘z mahsuloti uchun kafolat bera oladi.

SAG mahsulotlari nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o‘z o‘rnini topa olgan. SAG gilamlari xorijda ishlab chiqarilayotgan gilamlardan sifat borasida qolishmaydi, narxlar esa ulardan pastroq.

Orzudagidek yashashni xohlaysizmi? U holda SAG sizga orzulardagi mahsulotlarini taklif qiladi. SAG do‘konlariga tashrif buyuring va yuqori sifatli mahsulotlarni cho‘ntakbop narxlarda sotib oling.

SAG o‘z mahsulotlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab ochilgan do‘konlarida sotadi. Har bir viloyatda SAG korxonasining rasmiy do‘konlari faoliyat yuritadi. SAG ishlab chiqarayotgan sifatli mahsulotlar haqida to‘liq ma'lumot olish uchun tashkilot saytiga (www.sag.uz) kiring va u yerdagi galereyani tomosha qiling (www.sag.uz/ru/galereya-fotografij).

SAG yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Facebook: fb.com/saggilamlari
Instagram: @saggilamlari
Telegram: t.me/samantepgilam

Murojaat uchun telefonlar:
Gilamlar uchun:
+99871 2004411;
+99866 2304145.
Sun'iy chim va tafting uchun:
+99890 6000001;
+99890 6000000.
Viloyatlardagi SAG do‘konlari kontaktlarini ushbu havolada topasiz: www.sag.uz/ru/kontakty

 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: