Misr, Gretsiya va Kipr Turkiyaning Suriyadagi operatsiyasi borasida xavotir bildirdi 

Jahon 00:35 / 09.10.2019 10496

Misr va Kipr prezidentlari Abdul Fattoh as-Sisi va Nikos Anastasiadis hamda Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis Qohiradagi uch tomonlama uchrashuvda Turkiyaning Suriya shimolida harbiy operatsiya o‘tkazish rejasi borasida o‘z xavotirlarini bildirdi.

"Tomonlar Turkiyaning Suriya hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan noqonuniy harbiy operatsiyasidan chuqur xavotirlarini bildirdilar va Suriya davlatining birligi va yaxlitligini saqlash maqsadida ish olib borish zarurligini yana bir bor ta'kidladilar. Ular shuningdek, Turkiyaning Suriyaning hududiy yaxlitligini buzish yoki mavjud demografik vaziyatga o‘zgartirish kiritish borasidagi har qanday urinishini qoralashlarini bildirdilar", deyiladi Misr prezidenti ma'muriyati bayonotida.  

Oktabr oyi boshida Turkiya Suriya chegarasida AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi kurd tuzilmalariga qarshi operatsiya boshlanishini e'lon qildi. AQSh bu operatsiyada qatnashmasligini, bundan tashqari, ehtimoliy harbiy harakatlar bo‘lib o‘tadigan hududdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini bildirdi.

O‘z navbatida, Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdad Suriya hukumati butun hududni himoya qilishini va "Suriyaning bir qarich yeri" bosib olinishini ham qabul qila olmasligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: