«Milan» yangi murabbiyini e'lon qildi

Sport 19:32 / 09.10.2019 8290

«Milan» Stefano Piolini jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi.

«Rossoneri» 53 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Xabar qilinishicha, Pioli yiliga 1 million yevro miqdorida maosh oladi.

U bu lavozimda muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli 3,5 oylik faoliyatidan keyin iste'foga chiqarilgan Marko Jampaolo o‘rnida ish boshlaydi. 

1999 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan Pioli o‘tgan vaqt davomida «Parma», «Sassuolo», «Kevo», «Palermo», «Bolonya», «Inter», «Latsio» va «Fiorentina» kabi klublarda ishlagan.

«Milan» A Seriyaning 7 turidan keyin 9 ochko (3 g‘alaba va 4 mag‘lubiya) bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda joylashgan. Milanliklar chempionat peshqadami «Yuventus»dan 10 ochko ortda qolib ketishgan.

Ko‘proq yangiliklar: