Meksikada yo‘l qurmagan hokimni mashinaga bog‘lab qo‘yib, ko‘chalar bo‘ylab sudrab o‘tishdi

Jahon 10:58 / 09.10.2019 23740

Meksikaning Las-Margaritas munitsipaliteti aholisi mahalliy hokimni bajarilmagan va'dalari uchun antiqa tarzda jazoladi, deb xabar bermoqda El Cinco nashri.

Ma'muriyat rahbari Xorxe Eskandon aholiga yo‘l qurish to‘g‘risida va'da bergan, ammo buni amalga oshirmagan. Norozi fuqarolar amaldorni mashinaga arqon bilan bog‘lab qo‘yib, ko‘chalar bo‘ylab sudrab o‘tishgan.

Qayd etilishicha, tez orada ularni politsiya to‘xtatgan. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlari kamida 30 kishini qo‘lga olishdi, politsiyachilar bilan yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 20 kishi jarohatlandi.

Shahar hokimiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning hayoti xavf ostida emasligi aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: