Xomanaiy: Eron yadroviy bomba yaratishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi 

Jahon 17:17 / 09.10.2019 6494

Eron yadroviy bomba yaratishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi, dedi Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy. Uning so‘zlari oliy yetakchining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan.

"Biz bu yo‘nalishda bora olishimizga qaramasdan, ushbu qurollarni ishlatish qat'iyan taqiqlanganligini e'lon qildik, aynan shu bois foydalanish taqiqlangan bunday qurollarni ishlab chiqarish va saqlash uchun pul sarflashga sabab yo‘q", - dedi Xomanaiy.

Eron oliy yetakchisining so‘zlari G‘arbda Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bir necha bor ta'kidlar bildirilishi ortidan yangradi.

Eron har safar mamlakat yadroviy qurolga ega bo‘lish niyatida emasligini ta'kidlab keladi.

Ko‘proq yangiliklar: