Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda ovqatdan zaharlangan o‘quvchilarning barchasiga shifoxonadan javob berildi

Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Andijon tumanidagi 35-maktab o‘quvchilari ovqatdan zaharlangani haqidagi xabar yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berdi.
«8 oktabr kuni soat 20:30dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Shu kuni soat 00.00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafar fuqaro «ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Jami 27 nafar fuqarodan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari maktab o‘quvchisining onasi – tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan, yana bir 1 nafari esa shu sinf o‘quvchisi uydagi kichik yoshdagi singlisiga bergani natijasida zaharlanish qayd etilgan.
Tezkor olib borilgan muolajalar natijasida 9 oktabr kuni soat 10:00ga qadar 13 nafar, soat 12:00ga qadar yana 9 nafar bemorning holati yaxshilangani sababli ularga shifokorlar tomonidan uylariga ketishga ruxsat berildi.
Yana 3 nafar o‘quvchiga 9 oktabr kuni soat 18:00da holati yaxshilangani sababli uyga ketishga ruxsat berildi. Hozirda sinf rahbari, o‘quvchilar va boshqalarning holati qoniqarli.
Ularning holati tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan nazoratga olingan. Zaharlanish ro‘y berishida nazorat qilmagan va mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan maktab rahbariyatiga tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llandi», deyiladi ma'lumotnomada.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi
Fan-texnika | 17:15
-
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
-
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi
O‘zbekiston | 17:00
-
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi
Jamiyat | 16:57
Mavzuga oid

12:15
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

20:32 / 30.06.2025
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

13:20 / 25.06.2025