40ta JIEMda mahkumlarni usta-shogird an'anasi asosida kasb-hunarga tayyorlash kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston 17:34 / 09.10.2019 4673

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyati hududida joylashgan 40 ta jazoni ijro etish muassasasida mahkumlarni usta-shogird an'anasi asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash kurslari tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasi tajribali usta-hunarmandlarni jalb etgan holda mazkur kurslarni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda bu kurslarga 717 nafar mahkum jalb qilinib, hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hunar o‘rganmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarida Uyushmaning hududiy boshqarmalari tomonidan xalq hunarmandchiligi va amaliy san'at sohasida katta tajribaga ega usta-hunarmandlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini o‘tkazilmoqda. 

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan mahkumlarga “Hunarmand” uyushmasining maxsus sertifikatlari taqdim qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: