So‘rov: Janubiy Koreyada KXDR bilan birlashishga qarshi bo‘lganlar soni o‘sdi

Jahon 22:42 / 08.10.2019 8401

Janubiy Koreyaning KXDR bilan birlashishiga qarshi bo‘lganlar soni 20,5 gacha o‘sdi. Yonhap agentligining xabar qilishicha, Gallup Korea institutining jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalari bundan darak bermoqda.

O‘tgan yili birlashishga qarshi chiqqan Janubiy koreyaliklarning ulushi mamlakat aholisining 16,1 foizini tashkil etgandi. Shu bilan birga, tadqiqot natijalariga ko‘ra, milliy birlashish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlovchilar soni 2018 yildagi 60 foizdan 2019 yilda 53 foizga tushdi. Mutaxassislarning fikricha, qo‘llab-quvvatlashning pasayishi yarimorolni yadrosizlantirish bo‘yicha muzokaralarning muvaffaqiyatsizlikka uchragani bilan bog‘liq.

Ammo agentlikning qayd etishicha, Janubiy Koreya jamiyati KXDRni o‘z mamlakati uchun borgan sari kamroq asosiy tahdid sifatida ko‘rmoqda. Qatorasiga ikkinchi yil Xitoy Janubiy Koreyaga eng katta xavf tug‘diradigan davlatlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallamoqda. Birinchi navbatda KXDRdan xavfsiraydigan Janubiy koreyaliklar ulushi 30 foizga kamaydi, bu 2007 yilda ushbu so‘rov boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Koreyaliklarning ozroq qismi (28%) Yaponiyani asosiy tahdid deb atadi. Ekspertlar buni Seul va Tokio o‘rtasidagi savdo mojarosining ta'siri bilan izohladi. 

Ko‘proq yangiliklar: