Rossiya va Turkiya o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valutalarda olib borish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Jahon 18:07 / 08.10.2019 11051

Rossiya Moliya vazirligi va Turkiya G‘aznachilik va moliya vazirligi milliy valutalardagi hisob-kitob va to‘lovlar bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Rossiya Moliya vazirligi xabar berdi.

"Rossiya hukumati va Turkiya hukumati o‘rtasida banklararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga, shuningdek, RF va Turkiya tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasida uzluksiz to‘lovlarni ta'minlashga yo‘naltirilgan hisob-kitoblar va to‘lovlar to‘g‘risida bitim imzolandi", deyiladi xabarda.

Vazirlikning qayd etishicha, hujjatni tayyorlashdan asosiy maqsad ikki mamlakat o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda milliy valutalardan foydalanishni (rubl va lira) oshirish va bosqichma-bosqich o‘tish, moliya bozorining tegishli infratuzilmasini yaratish va kompaniyalar uchun milliy valutalarning jozibadorligini oshirishdir. 

Ko‘proq yangiliklar: