"Poytaxt bank"dan yana bir qulaylik - “Kobeydj”, “UnionPay Classic”, “UnionPay Exchange” hamda “Kobrending” kartalarini taqdim etadi

Iqtisodiyot 09:30 / 08.10.2019 12541

2019 yilning boshida o‘z faoliyatini boshlagan "Poytaxt bank" aksiyadorlik jamiyati chakana bank xizmatlarini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olgan. Bunda, ko‘plab yangi turdagi interaktiv xizmatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi bank kartalari biznesi jadal rivojlantirilmoqda. Hozirgi vaqtda mijozlarga bank tomonidan “UnionPay International” va “Uzcard” tizimlarida ishlovchi Kobeydj kartalari, “UnionPay” xalqaro “Classic” va “Exchange” kartalari hamda kobrending kartalari taklif qilinmoqda. 

Kobeydj kartalari 

Ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lgan Kobeydj kartasi bir vaqtning o‘zida so‘m hamda valuta kartasi vazifasini bajaradi. 

Ushbu kartadagi milliy valutadagi mablag‘lar dunyoning 170 dan ortiq davlatlarning mahalliy valutasiga avtomatik konversiyalanib, bankomatlar orqali naqd pulda olishingiz yoki turli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.

Shuningdek, ushbu kartadan internet orqali turli xil to‘lov va xaridlarni ham amalga oshirish mumkin.

“UnionPay” xalqaro to‘lov kartalari

“UnionPay” Classic kartalaridan foydalansangiz dunyoning barcha davlatlarida hech qanday cheklovlarsiz bankomatlar orqali naqd pul olish hamda tovar va xizmatlar haqini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 

“UnionPay International” hamda ushbu kartalarni qabul qiluvchi savdo korxonalari kartalardan foydalanuvchilar uchun doimiy ravishda turli xil chegirma va “promo-aksiyalar” o‘tkazishni yo‘lga qo‘ygan.

“UnionPay” Exchange kartasi yoki Konversion karta – jismoniy shaxslar-rezidentlar tomonidan xorijiy valutani naqd pulsiz sotib olish va sotishni amalga oshirishda foydalaniladigan xalqaro to‘lov kartasidir. Ushbu karta milliy valutadagi mablag‘laringizni bank ofisida yoki mobil ilovadan foydalangan holda konversiya qilish yo‘li bilan to‘ldiriladi.

Konversion kartalar yordamida hech qanday geografik yoki miqdoriy cheklovlarsiz mehmonxona xizmatlarini to‘lash, do‘konlardan tovarlar xarid qilish hamda xorijdagi bankomatlardan naqd valuta olish imkoniyatlari mavjud.

Kobrending kartalari

Kobrending kartasi keng savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yirik savdo korxonalari bilan hamkorlikda chiqarilgan bank kartasidir.

Ushbu karta egasi oddiy va qulay usulda savdo korxonalaridan istalgan tovarlarni sotib olish, oldindan hech qanday to‘lovlarsiz va ustama haqlarsiz faqat olingan tovar qiymatini qaytarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Poytaxt bank" – kelajakni birga quramiz!

Telefon: 71 214-20-00

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: