«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyat Nizomida belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishda, targ‘ibot va axborot materiallarida asosiy indentifikator sifatida foydalaniladigan zamonaviy, original va oson taniladigan logotipni yaratish uchun tashkilotning eng yaxshi logotipi va shiori uchun tanlov e'lon qilindi.
Tanlov haqidagi barcha ma'lumotlar www.uzkimyosanoat.uz saytining «Tender va konkurslar» bo‘limida mavjud.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:
- Tanlovning Nizomi va texnik shartlari bilan tanishish;
- Yangi ishlab chiqilgan logotip va shiorning namunasini taqdim etish;
- Tanlovda ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish, grafik fayl, mant tavsifi, shuningdek, o‘z aloqa ma'lumotlarini logo@uks.uz elektron manziliga yuborish.
Barcha ishlar «O‘zkimyosanoat» AJ mas'ul xodimlaridan iborat bo‘lgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Logotip va shior quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- «O‘zkimyosanoat» AJ maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston kimyo sanoati qadriyatlarini aks ettirishi;
- Logotipning bosma va bosma bo‘lmagan targ‘ibot materiallari, korporativ sovg‘alarda foydalanish uchun mos bo‘lishi;
- Logotipning ko‘rinishi innovatsion bo‘lishi (yangi logotip amaldagi logotipga o‘xshash bo‘lmasligi kerak).
Komissiya ma'lum miqdordagi eng yaxshi ishlarni tanlab oladi va finalga yo‘llanma olgan ishtirokchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazadi. Finalga chiqgan ishtirokchilarning ishlari, tanlov natijalari va tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tashkilotning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha takliflar 2019 yil 16 oktyabrga qadar qabul qilinadi.
2019 yil 16 oktyabrdan kech topshirilgan arizalar Tanlovda ishtirok etmaydi.
Ma'lumot uchun:
Telefon: +99878 1407477
Elektron pochta manzili: logo@uks.uz
Reklama huquqi asosida