Nissan’ning Xitoydagi qo‘shma korxonasi rahbari kompaniyaning yangi bosh direktori bo‘ladi

Jahon 23:18 / 08.10.2019 2367

Nissan Motor kompaniyasining yangi bosh direktori kompaniyaning Xitoydagi qo‘shma korxonasi prezidenti Makoto Ucida bo‘ladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg, Financial Times va The Wall Street Journal xabar qildi.

Kompaniyaning avvalgi bosh direktori Xiroto Saikava sentyabrda iste'foga chiqishga qaror qilgandi.

Mitsubishi Motors Corp kompaniyasining hozirgi rahbari Ashvani Gupta Nissan bosh operatsion direktori etib tayinlanadi.  

Kompaniyaning yangi rahbariyati qator jiddiy muammolarni, jumladan, daromadning pasayishi muammosini hal qilishiga, shuningdek, biznesni qayta tashkil etish va ko‘plab janjallar, xususan, kompaniya sobiq boshlig‘i Karlos Gon atrofidagi mojaroni bartaraf qilishiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘proq yangiliklar: