TIF Milliy banki o‘z oila kunini nishonladi

Jamiyat 18:55 / 03.10.2019 7769

Jo‘shqin musiqa, sport musobaqalari, bir-biridan qiziqarli tanlovlar... O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining «Oila kuni» xuddi shunday yorqin taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

1 oktabr kuni O‘zbekiston moliya-bank tizimidagi eng yirik muassasalardan biri hisoblangan TIF Milliy banki o‘z taqvimidagi «Milliy bank oila kuni»ni nishonladi. Milliy bank tasarrufidagi «Yoshlik» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida bo‘lib o‘tgan bu shodiyona bank xodimlarining o‘z oila a'zolari bilan birgalikda hordiq chiqarishlari, sport bilan yaqinroq bo‘lishlari uchun imkon yaratdi.

«Milliy bank oila kuni»da o‘zbek boksining yulduzlari – Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarovlar ham qatnashdi. Boks chempionlari va bayram mehmonlari birgalikda sport mashqlarini bajarib, fleshmobda ishtirok etishdi.

Sportga va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan rag‘batni oshirish maqsadida tadbir ishtirokchilari orasida futbol, katta tennis, stol tennisi, shaxmat, yugurish, badminton kabi sport turlari bo‘yicha kichik musobaqalar o‘tkazildi. Har bir sport yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan qatnashchilar kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tantana dasturi doirasida «Bahodirlar» guruhining chiqishi eng yodda qolarli voqea bo‘ldi. «Bahodirlar» TIF Milliy banki logotipi tushirilgan 7 tonna og‘irlikdagi avtobusni belgilangan masofaga qadar tortib olib borish orqali o‘ziga xos rekordni o‘ratishdi.

Bayram yakunida mehmonlar estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturidan bahramand bo‘lishdi. Yutuqli lotoreya o‘yinlarida o‘ynalgan sovrinlar esa «Milliy bank oila kuni»dan yana bir esdalik bo‘lib qoldi.

O‘zbekiston TIF Milliy banki o‘z xodimlarini «Milliy bank oila kuni» bilan tabriklaydi!

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: