Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi

Jahon 16:33 / 02.10.2019 7143

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga nisbatan vakillar palatasi boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi.

«Bo‘lib o‘tayotgan jarayon impichment emas, davlat to‘ntarishi degan xulosaga kelyapman», — deb yozdi Tramp Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning bari odamlarning ovozi, ularning erkinligi, dini, armiyasi, chegaradagi devor va Qo‘shma Shtatlar fuqarolarining huquqlarini olib qo‘yish uchun qilinmoqda.

Avvalroq Tramp videomurojaat bilan chiqib Demokratik partiyaning harakatlari «ulkan yolg‘on» ekanligini aytgandi.

25 sentabr kuni vakillar palatasi raisi demokrat Nensi Pelosi Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanganini e'lon qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: