O‘zbekiston milliy jamoasi Vadim Abramov qo‘l ostida yig‘inni boshladi

Sport 19:14 / 02.10.2019 12717

O‘zbekiston milliy jamoasi yangi bosh murabbiy Vadim Abramov qo‘l ostida yig‘inni boshladi, deb xabar beradi O‘FA.  

Ilk mashg‘ulot «Jar» stadionida tashkil etildi. Unda ichki chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilar bilan bir qatorda Odil Ahmedov va Rustam Ashurmatov kabi legionerlar ham ishtirok etishdi.

Boshqa xorijiy chempionatlarda harakat qilayotgan futbolchilar keyingi mashg‘ulotlardan boshlab safga qo‘shilishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘yinni JCh-2022 saralashi doirasida Toshkentda, 10 oktabr kuni Yamanga qarshi o‘tkazishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: